8 Oktyabr 2025 yil 14

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Oqoltin tumanida profilaktik ishlar bilan tanishdi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Oqoltin tumanida tungi vaqtlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Dastlab tumandagi “Agrobank” filialida qoʻriqlash xizmati faoliyati oʻrganilib, chaqiruvlarga yordamchi kuchlarning oʻz vaqtida yetib kelishi va hamkor tashkilotlarga tezkor xabar berilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shundan soʻng tuman IIB boshligʻining hududdagi jinoyatchilik holatiga doir taqdimoti tinglandi va jinoyat hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Oʻrganishlar jarayonida tumanning “Yangi davr” mahallasiga tashrif buyurilib, profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mahallada samarali ish tashkil etilib, sidqidildan xizmat olib borilsa, tinchlik va osoyishtalik taʼminlanishi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, tungi xizmatga biriktirilgan yoʻnalishlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan suhbat oʻtkazilib, xizmatni toʻgʻri tashkil qilish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida masʼul rahbarlarga jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish, aholining huquq-tartibot organlariga ishonchini mustahkamlash va tinch-totuv muhitni taʼminlash bugungi kunning ustuvor vazifasi ekanligi taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech