8 Oktyabr 2025 yil 34

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Boltayev rahbarligida Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining joriy yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xizmat tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama natijalariga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan

17 nafar profilaktika inspektorlari munosib rag‘batlantirildi. Ularga boshqarma boshlig‘i tomonidan minnatdorchilik xatlari hamda pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, ularning ota-onalariga ham minnatdorlik bildirildi.

Biroq, xizmat faoliyatida yetarli darajada samara ko‘rsatmagan, past ko‘rsatkichlarga erishgan 10 nafar profilaktika inspektorining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, ularga kelgusida faoliyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari jinoyatchilikni bartaraf etish va huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktika xizmatining o‘rni katta ekanligini taʼkidlab, har bir xodimdan masʼuliyat va fidoyilik talab etilishini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha masʼul xodimlarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

Text to speech