15 Avgust 2025 yil 358

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Shirin shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ishlari bilan tanishdi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Shirin shahrining “Amir Temur” mahallasida boʻlib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida Davlatimiz rahbarining PQ 1- sonli qarori ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi. Mahallada istiqomat qilayotgan alohida toifadagi shaxslar roʻyxati oʻrganilib, ular bilan olib borilayotgan individual tarbiyaviy va huquqiy ishlarning samaradorligi tahlil qilindi. Shu maqsadda boshqarma boshligʻi bevosita ushbu shaxslarning uylariga borib, turmush sharoiti, mavjud muammo va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi hamda ularga huquqiy maslahat va amaliy yordam koʻrsatdi.

Shuningdek, mahalla faollari, profilaktika inspektorlari va boshqa masʼullar ishtirokida aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlikka moyillikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hududda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, huquqbuzarlikka qarshi kurashning samarali mexanizmlarini joriy etish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech