2 Oktyabr 2025 yil 50

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Xovos tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat oʻrganildi

Dastlab Xovos tumani “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “KS-3B” gaz siquv stansiyasi»ga tashrif buyurilib, stansiyaning faoliyati, xavfsizlik choralari koʻrilganligi, qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan qoʻriqlovga olinganligi holati oʻrganildi.

Shundan soʻng boshqarma boshligʻi Xovos tumani “Mustaqillik” MFY binosiga tashrif buyurib, profilaktika inspektori tomonidan mahallada jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar, jamoat xavfsizligini hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida koʻrilgan chora-tadbirlarni nazoratdan oʻtkazdi hamda profilaktika inspektori hamda tuman IIB rahbarlariga bu borada topshiriq va koʻrsatmalarini berdi.

Shuningdek Xovos tumani “Afrosiyob” MFY hududida Sirdaryo viloyatining Jizzax viloyati bilan chegaradosh hududida Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining tegishli farmoyishiga asosan tashkil etilgan vaqtinchalik postga xizmatga biriktirilgan xodimlarning xizmat faoliyati oʻrganilib, ularga xizmatni hushyor holda olib borish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.

Bundan tashqari Xovos tumani “Bunyodkor” MFYda joylashgan Xovos tumani ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurilib, dastlab IIB boshligʻining joriy yil 8 oy yakuniga koʻra kriminogen vaziyat toʻgʻrisida axboroti tinglandi.

Shundan soʻng tuman IIB navbatchilik qismi faoliyati, jinoyat va hodisalarga oid ariza va xabarlarni qabul qilish, koʻrib chiqish borasida amalga oshirilgan ishlar, hududdagi kuzatuv kameralarining sozligi, tezkor vaziyatni muntazam ravishda nazorat qilish maqsadida ularning IIBga integratsiya qilinganlik holati oʻrganildi.

Xovos tumani IIB tergov-tezkor guruhiga biriktirilgan xodimlarning xizmat faoliyati oʻrganilib, ularga kelib tushgan har bir xabar yuzasidan zudlik bilan hodisa sodir boʻlgan joyga borish hamda kechiktirib boʻlmaydigan zaruriy chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech