10 Iyul 2024 yil 2124

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i hamda viloyat prokurori tungi vaqtda Guliston shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi

Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda mahallalarda osoyishtalikni saqlash bo‘yicha belgilangan vazifalari yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sandjar Djaparov hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan Guliston shahrida tungi xizmat faoliyatini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari davomida sektor rahbarlari tomonidan Guliston shahridagi Ichki ishlar bo‘limlari hamda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining tungi ish faoliyati, navbatchilik hamda yo‘nalishli patrullik guruhlarining xizmat o‘tash jarayonlari o‘rganilib, mahallalarda jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli "ijtimoiy profilaktika" tadbirlarini yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Tadbir jarayonida, aniqlangan barcha kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat sektor rahbarlarining o‘rganish ishlari viloyatimizning boshqa shahar hamda tumanlarida ham davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech