23 May 2025 yil 871

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli oʻtkazildi

Bugungi kun har bir rahbardan xalq dardi bilan yashashi bilan birga muammolariga oʻz vaqtida yechim topishni talab etyapti. Aholi murojaatlarini oʻrganish, shu orqali ularga munosib turmush sharoitini yaratib berish har bir rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi belgilangan reja asosida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy qabulini oʻtkazdi.

Qabulga tashrif buyurgan har bir fuqaroni qiynayotgan muammosi rahbar tomonidan diqqat bilan eshitilib, hal qilinish choralari koʻrildi.

Xususan, joriy qabulda 8 nafar fuqaroning murojaati eshitilib, ijrosi nazoratga olinib, tekshiruv ishlari oʻtkazilishi belgilandi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi 

Text to speech