Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sanjar Djabarov Fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi
Maʼlumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish Ichki ishlar organlariga yuklatilgan asosiy vazifalaridan biridir.
Bunda Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning muammolari shaxsiy va sayyor tartibda oʻrganish orqali ularning muammolari hal etilib kelinmoqda. Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 10 nafar jismoniy shaxslar va ularning vakillarini murojaatlari tinglandi.
Shulardan 1 nafar jismoniy shaxsning murojaati boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 7 nafar jismoniy shaxslarning murojaati boʻyicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 2 nafar jismoniy shaxslarning murojaati oʻrganib chiqilayotganligi tushuntirildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati