8 Aprel 2025 yil
1122
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining aholi murojaatlarini tinglash, masʼullar ishtirokida koʻrib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Qabulda tergov va surishtiruv harakatlari bilan bogʻliq fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.
Boshqarma boshligʻi qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati