13 Iyul 2024 yil 3123

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov, tasdiqlangan grafik asosida  Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Bo‘lib o‘tgan qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masalalardagi jami 15 nafar jismoniy shaxslar va ularning vakillarini murojaatlari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tegishli boshqarma va xizmat rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar joyida masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Vaqt talab qilinadigan murojaatlarni muddatida hal etish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i tomonidan muddat va topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech