15 Yanvar 2025 yil 873

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining viloyat Xalq qabulxonasidagi navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Bugun Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning  fuqarolarning kundalik va ijtimoiy muammolarini o‘rganishi yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish hamda tergov va surishtiruv harakatlari va uy-joy bilan bog‘liq fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.

Boshqarma boshlig‘i qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib,  ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech