Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.J.Qayumov rahbarligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari xodimlarini uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ichki ishlar idoralarining tergov xodimlari tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov sifatini yanada oshirish, tergov qilishda dalillarni protsessual tartibda olish va bu borada ularning kasb-mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi R.K.Kuranbayev hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.J.Qayumovlar tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan “Firibgarlik jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar va ularni fuqarolik huquqiy munosabatlardan farqlovchi belgilari”, “2023-yil 23-iyundagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha oliy sud plenumi qarori” va “Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida o‘tkazilib, tergov va surishtiruv xodimlari o‘rtasida dastlabki tergov davomida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, yosh xodimlarni murabbiylariga ko‘rsatmalar berildi.