17 Iyun 2024 yil 1753

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi fuqarolarni qabul qildi

Fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat orqali ularning muammolarini tinglash shuningdek, joyida hal etish hudud osoyishtaligini taʼminlashda muhim omillardan hisoblanib, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov boshqarma binosida murojaati bilan kelgan 15ga yaqin fuqarolarni qabul qildi. Murojaatlarning aksariyati pul oldi-berdi masalalari, ishga kirish, ishga qayta tiklash masalalaridan iborat boʻldi.

Murojaatchilardan 7 nafarining muammosi joyida hal etilgan boʻlsa, 3 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan murojaatlar muddat talab etganligi bois boshqarma boshligʻi tomonidan nazoratga olindi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech