1 Aprel 2024 yil 3261

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolarning kundalik turmush tarzini tizimli ravishda o‘rganish, bu borada aniqlangan muammolarni manzilli bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Sanjar Djabarov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida 15 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 9 nafari qabulning o‘zidayoq hal etilgan bo‘lsa, 1 nafar fuqaroga tushuntirish berildi, qolgan 5 nafar murojaatlar hal etilishi yuzasidan boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.

Yuzma-yuz qabulda eshitilgan murojaatlarning qonuniy yechimini taʼminlash borasida masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Aytish joizki, o‘tkazilayotgan fuqarolar bilan qabullar aholining mavjud masala va muammolari ijobiy hal etilishi bilan birga ularning ertangi kunga ishonchini oshirishda ham samarali bo‘lmoqda.

Text to speech