5 Dekabr 2024 yil 2097

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzoq muddatga xorijga chiqib ketgan va qaytib kelgan shaxslarning hisobini yuritish sohasidagi idoralararo hamkorlikni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov huzurida doimiy yashash joyidan ishlash va boshqa maqsadlarda chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor tarzida tanqidiy -tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan videoselektorda boshqarma boshlig‘i tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarida “Uzoq muddatga ketgan va qaytgan” shaxslar bilan Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hamkor tashkilotlar bilan doimiy ravishda olib borilayotgan profilaktik ishlar tahlil qilinib, masʼul xodimlarga mehnat migranti sifatida xorijda yurgan shaxslarning barchasi manzilli o‘rganilib, ota-onalari va boshqa yaqinlari bilan shuningdek, migrantlarning o‘zlari bilan onlayn gaplashib profilaktik tushuntirish ishlari olib borilishi, chet eldagi yashash va ish joylariga aniqlik kiritilib, zaruriy tavsiya va takliflar berilishi lozimligi alohida taʼkidlab, kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga xorijdan qaytgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda bandligi taʼminlanishi bo‘yicha masʼul rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech