24 Avgust 2024 yil
1296
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning fuqarolar murojaatlarini tinglash, masʼullar ishtirokida ko‘rib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Jumladan qabul davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga 15 nafardan ziyod fuqarolar murojaat qilishdi. Murojaatlarning asosiy qismini tergov-surishtiruv, yo‘l harakati xavfsizligi hamda ijtimoiy masalalar tashkil etdi.
Boshqarma boshlig‘i qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.