25 May 2024 yil
2798
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov fuqarolar uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tomonidan muntazam ravishda qabullar tashkil etilib kelinmoqda.
Jumladan, viloyat IIBda tashkil etilgan navbatdagi qabul jarayonida 12 nafar fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 8 nafarining murojaati joyida ijobiy hal qilindi. 2 ta murojaatlarning ijrosi muddat talab qilganligi sababli alohida nazoratga olinib, sohaviy xizmatlarga tegishli topshiriqlar berildi. 1 nafar murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati