Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
Aholi muammolarini tinglash, ularning dardu-tashvishiga sherik bo‘lish, muammolarini ijobiy hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, bir so‘z bilan aytganda xalqni rozi qilish kabi ezgu ishlar davom etmoqda.
Shu maqsadda, viloyat xalq qabulxonasida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabulda har bir murojaatni imkon qadar joyida hal etilishiga eʼtibor qaratildi.
Qabulda ayrim masalalar qabulning o‘zidayoq hal bo‘lgan bo‘lsa, yechimi bo‘yicha vaqt talab qilinayotgan masalalar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tegishli masʼul rahbarlarga topshiriqlar berib, shaxsan nazoratiga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining shaxsiy hamda sayyor qabullari viloyatimizning hududlari bo‘ylab davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati