8 Iyun 2024 yil 2415

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat orqali ularning muammolarini tinglash shuningdek, joyida hal etish hudud osoyishtaligini taʼminlashda muhim omillardan hisoblanadi. Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov boshqarma binosida murojaati bilan kelgan 15 ga yaqin fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda tergov va surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq fuqarolarning turli muammo va murojaatlari eshitildi.

Boshqarma boshlig‘i qabul qilingan har bir murojaatni chuqur tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech