16 Aprel 2024 yil 3318

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli viloyat xalq qabulxonasida oʻtkazildi

Aholi muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish maqsadida, viloyat xalq qabulxonasida Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.

Qabulda har bir murojaatni imkon qadar joyida hal etilishiga eʼtibor qaratildi.

Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda asosan ishga joylashish, tergov masalalari, firibgarlik masalalari boʻldi.

Qabulda ayrim masalalar qabulning oʻzidayoq hal boʻlgan boʻlsa, yechimi yuzasidan vaqt talab qilinayotgan masalalar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan tegishli masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining shaxsiy hamda sayyor qabullari viloyatimizning hududlari boʻylab davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech