1 Fevral 2025 yil 2949

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov Xalq deputatlari viloyat Kengashining sakkizinchi sessiyasida hisobot berdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, viloyat Kengashi deputatlari, sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga koʻra, viloyatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda joriy yilda koʻriladigan taʼsirchan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning axboroti tinglandi.

Axborot davomida boshqarma boshligʻi tomonidan soʻnggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etilib, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda alohida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkibga yoʻriqnoma berilib, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi oʻrganildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech