13 Noyabr 2025 yil 9

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi murojaatlarini hal qilishga bagʻishlangan navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, aholi muammolarini joyida hal etish, ularning takliflarini inobatga olish hamda ichki ishlar organlari bilan xalq oʻrtasidagi ishonch va ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farux Xaydarovning navbatdagi shaxsiy qabul boʻlib oʻtdi.

Shaxsiy qabul davomida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan ichki ishlar sohasiga doir qator masalalar ishga joylashish, mahalla hududida jamoat tartibini taʼminlash, haydovchilik guvohnomalarini tiklash, shuningdek, protsessual masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Polkovnik Farux Xaydarov tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni huquqiy asosda hal etish yuzasidan tegishli masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, yana boshqa holatlar tahlil qilinib, oʻrganish va huquqiy hujjatlarni tahlil qilishni talab etuvchi masalalar ijrosi nazoratga olindi.

Aytish lozimki, bunday shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etilib, har bir fuqaroning murojaati, fikr va taklifiga jiddiy yechim topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu esa joylarda fuqarolarning muammolarini hal etish bilan birga, ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va xalqchilligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech