Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining aholi murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarning ichki ishlar organlariga doir murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot jarayonida boshqarma boshligʻi barcha murojaatlarni atroflicha oʻrganib, ularni qonuniy tartibda hal etish boʻyicha zarur choralarni koʻrdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularning qonuniy manfaatlari taʼminlandi.
Ichki ishlar organlari rahbariyati aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mavjud muammolarni zudlik bilan hal etish maqsadida tizimli ishlarni davom ettirmoqda.
Shu bilan birga, bunday yuzma-yuz muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, har bir murojaat va taklif alohida eʼtiborga olinadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati