7 Noyabr 2024 yil 4971

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud kamchilik, nuqson va muammolar, ularni hal etish borasidagi ishlar, Boshqarma huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan joriy yilning uchinchi chorak yakuni hamda to'rtinchi chorakga oid dasturda belgilangan vazifalar ijrosi muhokamasi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, kirish so‘zini Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘inng o‘rinbosari polkovnik Q.X.Shermatov ochib, Prezidentimizning 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 27-martda imzolangan Sirdaryo viloyati IIBning “Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №49-sonli buyrug‘i bilan Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini, uning tarkibi yangitdan tuzilganligi hamda vazifa va funksiyalari yangilanganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Kengash a’zolari bilan markaziy apparatda ishtirok etayotgan barchani tanishtirib o‘tdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ohirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda IIOlari xodimlari bilan bog‘liq tarqalayotgan noxush materiallar ko‘payib borayotganligini sohaviy xizmatlar kesimida va aniq raqamlarda o‘qib eshittirib, tasdiqlangan holatlar bo‘yicha xodimlarga nisbatan ko‘rilayotgan intizomiy choralar to‘g‘risida hisobot berib o‘tdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi, tizimda ochiqlik indeksi borasidagi kamchiliklar va xizmat intizomini buzilishi holatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar organlari tizimiga xizmatga qabul qilish tartibi, yaqin kelajakda Autsorsing asosida amalga oshirilishi, endilikda faqat Davlat test markazi aniqlagan reyting asosidagina navbatdagi bosqich sport, suhbat va sog‘ligi jarayonlarini tekshirilishiga o‘tilishini, ushbu haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi tayyorlanayotganligini hamda Bosh vazirning tegishli topshirig‘i asosida IIVda Kriminologiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilayotganligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, inson omilini kamaytirish borasida “E-nomzod”, “E-kadr”, “E-ijtimoiy himoya” kabi raqamlashtirish ishlari faolllik bilan olib borilayotganligini aytib o‘tgach, Jamoatchilik kengashi raisi va uning o‘rinbosariga murojaat etib, milliy media makonni uzluksiz monitoring qilib borishda, Ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishida ishtirok etishda faollikka chaqirdi hamda Boshqarma huzuridagi Kengash oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarilishida o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z Kengash raisi M.Sh.Hayitovga berildi. Kengash raisi tomonidan kengash oldiga qo‘yilgan vazifalar alohida o‘qib eshittirilib, hududiy organlar Jamoatchilik kengashlari bilan o‘zaro hamkorlikda, Ichki ishlar organlari tizimi imijini oshirish yo‘nalishida xodimlarga yaqindan ko‘mak berib borish mas’uliyatini kuchaytirish kerakligiga alohida urg‘u qaratildi.

Kengash tomonidan barcha sohaviy va hududiy ichki ishlar organlari, shuningdek respublika hamda viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari bilan amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan bir qator tegishli vazifalar belgilab olindi.

Text to speech