15 May 2025 yil 284

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi inspektor-psixologlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

“Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 110-sonli qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farrux Haydarov barcha tuman (shahar) IIBlarda xizmat qilayotgan inspektor-psixologlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ular bilan profilaktik ishlarni samarali tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida inspektor-psixologlarning xizmat jarayonidagi muammolari, taklif va mulohazalar tinglandi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi inspektor-psixologlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat samaradorligini oshirish hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech