9 Fevral 2024 yil 3775

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilari bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati IIB Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi va Sirdaryo viloyati IIBga bevosita bo‘ysunuvchi 15-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida xotin-qizlar tomonidan  qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomi, muassasada o‘rnatilgan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish ahvoli, 2023-yil davomida aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixologi tomonidan xotin-qizlar bilan psixologik seminar hamda trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Text to speech