4 May 2024 yil 3545

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektori rahbari polkovnik Sanjar Djabarov huzurida Sardoba tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektori rahbari polkovnik Sanjar Djabarov huzurida Sardoba tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tumanning Xalqobod mahallasida tashkil etilgan muhokamada shuningdek tuman sektor rahbarlari , korxona va tashkilot mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha tuman hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan klaster yer maydonlarini sug'orishda masʼuliyati cheklangan jamiyat aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari to‘g‘risidagi 117-qarori talablariga zid ravishda harakatlar sodir etib tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga jami 1.959.500.000 so‘m miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.Muhokamada qonunbuzilish holati qayd etgan klaster mutasaddilari bundan keyin bu kabi qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan qatʼiy ogohlantirildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etayotgan mazkur jinoyat muhokamasida ishtirok etgan viloyat 3-sektor rahbari ushbu holatning sababi va uni yuzaga keltirgan omillarni atroflicha o‘rgandi. Shu bilan birga bu kabi holatlarni oldini olishda joylarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan birgalikda mahalla faollari ham birdek masʼul ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Bunday huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda jinoyatlarni oldini olish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Albatta , har bir sodir etilgan jinoyatlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilishi fuqarolarni ogohlikka chaqirib,kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklardan asraydi.

Text to speech