Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi yig‘ilish va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 23-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi 73-son farmoyishiga asosan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad xodimalarda Vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, ularning kasbiy bilimlarini yana-da mustahkamlash hamda ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdir.
Saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida qad rostlab turish, joyida turib burilish usullari, harakat vaqtida burilishlar, joyda turganda va qurolsiz harakat qilganda harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, boshliq oldiga borish va uning oldidan ketish, safni boshqarish kabi amallar bajarildi.
Shundan so‘ng xotin-qizlar bilan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomiga rioya qilish ahvoli, aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, xotin-qizlarning faoliyati hamda oilasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi