Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov oʻz qaramogʻida boʻlgan umumtaʼlim maktabining birinchi qoʻngʻiroq bayram tadbirida ishtirok etdi
4-sentyabr sanasidan boshlab butun respublikamiz miqyosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yangi oʻquv yili boshlandi. Sirdaryo viloyatidagi jami 339 ta oʻrta taʼlim maktablarida 156 191 nafar oʻquvchi yoshlar taʼlim-tarbiya olishga kirishmoqda. Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari polkovnik Sanjar Djabarov Oqoltin tumanida joylashgan, oʻz qarmogʻida boʻlgan 10-umumtaʼlim maskanida boʻlib, birinchi qoʻngʻiroq bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir avvalida boshqarma boshligʻi soʻz olib ilk qadamlar ila maktab ostonasiga qadam qoʻygan bolakaylar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan bilimlarni ustozlaridan olib, Vatanimiz uchun munosib oʻgʻil-qizlar boʻlib yetishishiga, ertangi yorugʻ kelajagimizning mustahkam tayanchi va ishonchi boʻlishiga umid qilishini bildirdi.
Oʻquvchi yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish va ularni maʼnaviy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida kelajak egalariga boshqarma boshligʻi tomonidan kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. Kuy qoʻshiq sadolari ila davom etgan tadbir davomida barchaga oʻzgacah hush kayfiyat bagʻishladi.
Shundan soʻng birinchi qoʻngʻiroq sadolari ila ilk oʻquv jarayonlari mustaqillik darsi bilan boshlandi. Unda oʻquvchilarga mustaqillikka erishish tarixi, istiqlol davrida bunyodkorlik hamda erishilgan yutuqlar va ularning ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati