12 Oktyabr 2023 yil 8775

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i hamda viloyat prokurori Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limining tungi xizmat faoliyatini o‘rganildi.

Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatini “Xavfsiz hudud”ga aylantirish borasida aniq vazifalar belgilab olingan edi. Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sandjar Djabarov hamda viloyati prokurori Savid Imatov tomonidan Guliston tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi.

Dast avval masʼullar birgalikda Guliston tumanida tergov-tezkor guruhiga jalb qilingan xodimlar bilan xizmat vazifalari yuzasidan suhbatlashib, ularga qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi, shuningdek, tuman IIB navbatchilik qismiga tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati, tuman IIBdagi so‘rovxonada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur o‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, mahallalarda jinoyatlarni oldini olish maqsadida, amalga oshirilayotgan keng qamrovli "ijtimoiy profilaktika" tadbirlarini yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech