Sirdaryo viloyati Guliston shahrida jinoyatchilikning oldini olish va obodonlashtirish ishlari oʻrganildi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Guliston shahrining “Obod Yurt” mahallasida boʻlib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida koʻrilayotgan profilaktik choralar tahlil qilinib, mahalla faollari va masʼul idoralar hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi. Bolalar uchun yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maqsadida maxsus maydonchaning tashkil etilgani alohida qayd etilib, yosh avlodning xavfsizligini taʼminlashda bu kabi loyihalarning ahamiyati muhim ekanligi taʼkidlandi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati