Sirdaryo viloyati bo‘ylab "Payshanba profilaktik kuni" munosabati bilan joylarga bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
,,2025 yilda Respublika mahallarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarorini ijrosini yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda mahallada huquqbuzarlik va jinoyatning oldini olish borasidagi ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari va mahalla yettiliklarining amalga oshirilgan ishlari atroflicha tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Viloyat hududi bo‘ylab ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar uchun "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Shuningdek xotin-qizlar o‘rtasida kiberjinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan kelgusida xotin-qizlar jinoyat va huquqbuzarlikdan jabrlanib qolmasliglarini oldini olish maqsadida ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi tomonidan Probatsiya nazorati ostidagi jazo o‘tayotgan shaxslar uchun sayyor sudlar tashkil etilib, sud tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga amal qilmay, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxslarni jazosi og‘iriga almashtirilgan bo‘lsa, sud tomonidan tayinlagan jazoni o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan, tuzalish yo‘liga kirgan nazorat ostidagi shaxslar o‘talmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi masʼullari hamda mahalla profilaktika inspektorlari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha savdo do‘konlari va xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulatish hamda videokuzatuv kameralarni o‘rnatish bo‘yicha aholi o‘rtasida profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, joylarda profilaktika inspektorlari hamda mahalla vakillari hamkorligida sudlarda nizolashayotgan oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu shaxslarga himoya orderlari rasmiylashtirildi va cheklovlari tushuntirildi.
Guliston shahrini obod maskanga aylantirish maqsadida eʼlon qilingan "dolzarb 10 kunlik" tadbirlari davomida obodonlashtirish qoidalariga amal qilmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy tartibda choralar ko‘rib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida Sirdaryo tumani hududida "Diqqat piyoda" oyligi tadbiri munosabati bilan umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbiri davomida ertamiz kelajagi bo‘lgan o‘quvchi yoshlarga piyoda, velosipedda hamda yo‘lovchi sifatida harakatlanish tartibi va meʼyorlari tushuntirib o‘tildi.
Bu kabi tadbirlar viloyat hududi bo‘ylab samarali tashkil qilib kelinmoqda.