Sirdaryo viloyat IIB rahbariyati fuqarolar murojaatlari yuzasidan qabullar oʻtkazdi
Sirdaryo viloyat xalq qabulxonasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farrux Haydarov tasdiqlangan grafik asosida haftaning dushanba kuni fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, shaxsiy va ijtimoiy-huquqiy masalalar, shuningdek, joylarda yuzaga kelayotgan muammolar diqqat bilan tinglandi.
Har bir murojaat boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ichki ishlar boshqarmasi rahbari murojaatlarning huquqiy asosda koʻrib chiqilishi, fuqarolarning muammolarini yechishda ochiq va halol yondashuvni taʼminlash muhimligini taʼkidladi.
Qabul yakunida murojaat etgan shaxslarga qonuniy tartibda javob berish uchun masʼullarga topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati