26 Aprel 2025 yil
687
Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Koʻrib chiqilgan murojaatlar boʻyicha arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati