Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibi o‘rtasida sport mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibining tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarini mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari asosida, Sirdaryo viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik masʼul xodimlari ishtirokida sportning yengil atletika 100 metr, 3000 metrga yugurish, to‘sinda tortinish bo‘yicha muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu buyruq talablari asosida Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan xar oyi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlar tahlil qilinib, bunda past ko‘rsatkichga erishgan xodimlar bilan qo‘shimcha sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.