21 Iyul 2022 yil 209

Sirdaryo viloyatining barcha shahar-tumanlarida "Oqila ayollar" harakati davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N.Tojiboyeva, Din ishlari boʻyicha hududiy qoʻmita xodimi Z.Xalbekova, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Esonova, Viloyat IIB JXX HPB boshligʻining oʻrinbosari G.Mirzabekova, viloyat bosh otinoyi M.Meliboyevalar ishtirokida Mirzaobod tumani targʻibot guruhi rahbari N.Biymatovalar ishtirokida tumandagi "M.Ulugʻbek" MFY 25-umumtaʼlim maktabi binosida mahalla ayollari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, zoʻravonliklarni oldini olish, turli internet hurujlaridan asrash, qonuniy huquq va manfaatlarini, farzandlar tarbiyasidagi burchini tushuntirish, milliylik urf odatlarimizni qadrlash, kiyinish va muomala madaniyati, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, farzandlar tarbiyasidagi burch, xotin-qizlardagi ibo-hayo, oʻzbek ayoliga xos hislatlarni shakllantirish mavzularida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda 42 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Text to speech