14 Avgust 2021 yil 361

Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

“Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Sirdaryo viloyati kengashining 2021 yil ommaviy sport tadbirlari yillik taqvim rejasiga asosan Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada viloyat huquqni muhofaza qiluvchi xodimlaridan iborat bo‘lgan jami 12 nafar jamoalar olimpia tizimida o‘zaro baxs olib borishdi. O‘tkazilgan musobaqa keskin va murosasiz tarzda o‘tdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB terma jamoasiga, 2-o‘rin Chegara qo‘shinlariga qarashli 9252 harbiy qism terma jamoasiga va 3-o‘rin Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi terma jamoasiga nasib etdi.   

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Sirdaryo viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyatining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech