15 Aprel 2022 yil 267

Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi protsessual huquqi fanining dastlabki tergov va surishtiruvning umumiy shartlari mavzusi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazdi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi hamda viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga asosan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Tashkiliy boshqarma yuridik taʼminlash guruhi yetakchi yuriskonsulti, mayor J.R.Abdusamatov tomonidan yuridik texnikumning 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida jinoyat protsessual huquqi fanining dastlabki tergov va surishtiruvning umumiy shartlari mavzusi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazdi.

Mashgʻulot davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentyabr kunidagi 442-sonli qonuni hamda Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan normalarning mazmun mohiyatlari oʻquvchilarga toʻliq yetkazildi.

Dars jarayonida Sirdaryo viloyati yuridik texnikum 2-bosqich oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Text to speech