1 Dekabr 2021 yil 264

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSBda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musоbaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq, etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6099-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabr kunidagi “Aholining og‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”ga 735-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 17 yanvardagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va ahloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda 2021 yil 09 noyabr kunidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarinig kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash borasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB tarkibidagi bo‘linmalar xodimlari o‘rtasida 2021 yilning 01 dekabr kuni sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

2021 yil 15 noyabr kunidan, 15 dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” tadbirlari davrida o‘tkazilgan ushbu musobaqada Boshqarma PPX va JTSB tarkibidagi bo‘linmalar, ya’ni boshqarma apparati, ISOMTO‘XT otryadi, Reabilitatsiya qilish markazi, Maxsus qabulxona, Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi, Alohida konvoy bo‘linmasi hamda Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhidan tashkil topgan jami 7 ta jamoalari o‘rtasida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Boshqarma PPX va JTSB sport zalida bo‘lib o‘tgan va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu mini futbol o‘yinlari yakunlariga ko‘ra, Boshqarma PPX va JTSB ISOMTO‘XT otryadi jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi jamoasi faxrli 2-o‘rinni hamda Alohida konvoy bo‘linmasi jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallashdi. O‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga Boshqarma PPX va JTSB boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” tadbirlari davrida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB tarkibidagi bo‘linmalar xodimlari o‘rtasida sportning boshqa turlari bo‘yicha ham sport musobaqalarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish belgilab olindi.

 Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech