15 Noyabr 2021 yil 282

Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi bo‘linmalari xodimlari “Yashil makon” umummilliy tadbirida faol ishtirok etishmoqda

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.

Xususan, ushbu loyiha doirasida Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi bo‘linmalari xodimlari ayni kunlarda mazkur aksiyada faol ishtirok etmoqda.

Aksiya boshlangan kundan buyon Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan xizmat binolari atrofiga 164 tup manzarali daraxtlar, 122 tup buta ko‘chatlari hamda 78 tup har-xil turdagi mavsumiy gullar ekildi.

Bu borada viloyatning Mirzaobod, Oqoltin hamda Sardoba tumanlari IIB MvaFR bo‘linmalari yetakchilik qilmoqda.

 Sirdaryo viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

 

Text to speech