18 Dekabr 2021 yil 259

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” umummilliy tadbirida faol ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali yashil maydonlarning hajmini 30 foizga oshirish rejalashtirilgani munosabati bilan Sirdaryo viloyati hududida ekologik muhitni yana-da yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17 dekabr kuniga qadar Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari xodimlari tomonidan yashash Xizmat binolari va ularning atrof hududlariga 303 dona, biriktirilgan mahallalarga 205 dona, va boshqa hududlarga 167 dona, xonadonlarga 299 dona, xar xil turdagi ko‘chatlar ekildi.

Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy ishlar davom etmoqda.  

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech