Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi mayor Bozorboyev Bexzod Ibrohim oʻgʻlining Sirdaryo viloyati aholisiga murojaati
Sirdaryo viloyati IIBning barcha tizimlari qatori Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan 2021-yilning oʻtgan 11 oyi davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi, pasport-viza tizimi qoidalariga rioya etib yashashlarini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini identifikatsiya ID-kartalari hamda xorijga chiqish biometrik pasportlari bilan hujjatlashtirish borasida Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining Qarorlari doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ–4079–sonli Qaror talablari asosida hozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan, Sirdaryo viloyatida doimiy yashovchi jami 49.129 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6065 sonli Farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan aholini identifikatsiya ID-kartalari bilan hujjatlashtirish boʻyicha joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 27.417 nafar fuqarolarga oʻrnatilgan nusxadagi identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta Farmonlariga asosan, Sirdaryo viloyati hududida yashovchi 182 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Viloyat boʻyicha jami boʻlib 2198 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish boʻyicha hujjatlar topshirgan boʻlib, ularning 2106 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindi. Hududiy IIB M va FR xizmatlari tomonidan ularning barchasiga identifikatsiya ID-kartalari uchun talabnomalar shakllantirildi hamda 2104 nafariga oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi. Qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish boʻyicha hujjat topshirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻyicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Viloyatimiz hududida vaqtincha yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning 128 nafaridan doimiy yashashga qolishlari uchun hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 151 nafar xorijiy fuqarolar va 163 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Respublikamiz hududiga doimiy roʻyxatdan oʻtish uchun topshirgan hujjatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV M va FRBB dan ruxsat kelgan boʻlib, ularga identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berildi. Viloyat hududida jami 111 nafar xorijiy fuqarolar boʻlish qoidasini buzganligi aniqlanib, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasiga asosan ma’muriy choralar koʻrilgan. Shuningdek, 1269 nafar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatlari uzaytirib berildi. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan boʻlib, amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
SIRDARYo VILOYATI IIB M va FRB