19 Avgust 2021 yil 672

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi viloyat Halq qabulxonasida shaxsiy qabulini oʻtkazdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov tomonidan 18.08.2021-yil kuni soat 14:00dan 16:00gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida Prezident Adminstratsiyasi tomonidan belgilangan jadval asosida shaxsiy qabul oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virual qabulxonasiga yoʻllagan hozirgi kunga qadar hal etilmasdan kelinayotgan 7 nafar murojaatlar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Viloyat xalq qabulxonasida shu kunga qadar hal etilmagan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻrganib chiqilib joyida ijobiy hal etildi, qolgan 3 nafar fuqaroning murojaati Boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 1 nafar fuqaroning murojaati boʻyicha huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi. 

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilash ishlash guruhi

Text to speech