11 Avgust 2021 yil 375

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida shaxsiy qabulini oʻtkazdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov tomonidan Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida Prezident Adminstratsiyasi tomonidan belgilangan jadval asosida shaxsiy qabul oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga yoʻllagan hozirgi kunga qadar hal etilmasdan kelinayotgan murojaatlardan 8 nafar murojaatlar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Viloyatning xalq qabulxonasida shu kunga qadar hal etilmagan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda boshqa masaladagi fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻrganib chiqilib joyida ijobiy hal etildi, qolgan 2 nafar fuqaroning murojaati Boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi. 

Hususan, B.F.Chuliyevaning oila turmush doirasidagi murojaati boʻlib, unda turmush oʻrtogʻi 1996-yilda tugʻilgan, I.Oʻrinboyev tomonidan narsalari bermasdan xaqorat qilganligi maʼlum qilib turmush oʻrtogʻiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, I.Oʻrinboyevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatalr qonuniy chora koʻrishlik uchun Guliston tuman JIB sudga yuborildi. 

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilash ishlash guruhi

Text to speech