Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov Shirin shahrida navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi.
Bugun xalq bilan birga, yonma-yon, yelkama-elka umr guzaronlik qilish har bir rahbarga alohida masʼuliyat yuklaydi. Aholining dardini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish sektorlar faoliyatining bosh maqsadiga aylangan desak xato boʻlmaydi.
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi, viloyat 3-sektor rahbari tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan hududlarga chiqish orqali sayyor qabullar oʻtkazilib kelinmoqda.
Shu bois Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov Shirin shahar xokimiyatida sayyor qabulini oʻtkazdi. Oʻtkazilgan sayyor qabulda jami 17 nafar fuqaro qabul qilib ularning shu kunga qadar Shirin shahar miqqyosida hal etilmasdan kelinayotgan masalalari viloyati miqyosida hal etildi. Shundan, 14 nafar fuqaroni qiynab kelayotgan masalasi joyida oʻrganib chiqilib shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi, 3 nafar fuqaroning hal etilmagan masalasi boʻyicha huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi.
Masalan, 3 nafar fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virual qabulxonasiga murojaat qilib, unda Shirin shahar hududida joylashgan “Shoxrux Temurbek” MCHJ nomli beton ishlab chiqarish korxonasidan chiqayotgan tutundan aholi zaharlanayotganligini, shu bois mazkur beton ishlab chiqarish korxonasini boshqa joyga koʻchirish masalasidagi murojaat boʻyicha huquqiy maslahat berish orqali hal etildi.
Bosh vazirning tadbirkorlarni murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi orqali kelib tushgan hozirga kunga qadar hal etilmasdan kelinayotgan tadbirkorlarning murojaatlar jami 4 ta sektor kesimida 42 tani tashkil etadi. Shundan, hal etilmasdan kelinayotgan 42 murojaatlarni oʻrganish davomida, 7 ta murojaati joyida oʻrganib chiqilib ijobiy hal etildi.
Oʻtkazilayotgan har bir uchrashuvda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.
Qabul jarayonlarida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar sektor rahbari tomonidan oʻrganib chiqilib, ularni ijobiy hal etilishi uchun mutasaddilarga topshiriqlar berilmoqda.
Sirdaryo viloyati Axborot xizmati