Sirdaryo viloyati IIB apparatiga bevosita boʻysunuvchi boʻlinmalar davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot boʻlimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyati IIB apparatiga bevosita boʻysunuvchi boʻlinmalar davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot boʻlimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻzlab, xotin-qizlar faoliyati, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir qonunchilikdagi yangiliklar, oʻzgarishlar bilan tanishtirdilar. Shuningdek, tibbiyot boʻlimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifani bekam-u koʻst ado etish, jamoat ishlarida faol boʻlib, hamkasblariga oʻrnak boʻlish, turli xil noqonuniy harakatlarga aralashib qolmaslik, noqonuniy xatti-harakatlarning guvohi boʻlganda bu haqida zudlik bilan xabar berishlari tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, yigʻilishda ishtirok etayotgan ayollarga xotin-qizlar jinoyatchiligi, ularni oldini olish haqida keng tushunchalar berilib, Sirdaryo viloyatida ayollar, ayniqsa tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan qanday turdagi jinoyatlar koʻproq sodir etilayotganligi, ularning ayanchli oqibatlari, mazkur jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtildi hamda bu kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik haqida tushuntirildi. Yigʻilish soʻngida tibbiyot boʻlimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan aniq javoblar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati