13 Noyabr 2021 yil 508

Sirdaryo viloyati IIB hamda Guliston Davlat Universiteti bilan hamkorlikda ijarada yashayotgan talabalar bilan profilaktik suhbatlar o’tkazib kelinmoqda…

Hozirgi kunda Guliston Davlat Universitetida 8 340 nafar talabalar ta’lim olib, ulardan 1 860 nafari Guliston shahar, Guliston va Boyovut tumanlarida aholining shaxsiy uylarida ijarada yashashmoqda.  

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hodimlari hamda Guliston Davlat Universiteti o’qituvchilari bilan hamkorlikda ijarada yashovchi talabalarning yashash xonadonlariga borib, ular bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan: 2021 yil oktabr oyida Guliston Davlat Universiteti talabalari F.T va O.K lar o’zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, bir-birlariga og’ir tan jarohati yetkazganliklari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi hamda 2021 yil 10 oy mobaynida 9 nafar talabalar tomonidan o’zlariga tegishli bo’lgan uyali aloqa telefonlarini har hil holatlarda yo’qotganligi, shu kabi jinoyat va salbiy holatlarni  kelib chiqish sabablari va ularga yaratilgan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda ayrim talaba yoshlar tomonidan, telefon va internetdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, firibgarlik va mayda talon-tarojlik kabi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, tungi vaqtlarda ko’chalarda bemaqsad yurib har hil ko’ngilsiz hodisa va holatlarga uchramaslik, shuningdek, bugungi kunda ommalashib ketgan internet tarmoqlarida har hil tavakkalchilikka asoslangan (1xbet, linebet, mostbet) o’yinlarini  o’ynash salbiy oqibatlarga olib kelishi va qishning sovuq kunlarida yotoq joylarida “is gazidan” zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan ularning yashash manzillariga tashrif buyurip, yashash muhitlari o‘rganilib, xonadon egalari va talabalar bilan profilaktik suhbatlar o’tkazilmoqda.

Text to speech