29 Aprel 2022 yil 287

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi litsey oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuhrat Husanovich Boʻronov IIV Sirdaryo akademik litseyida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Boshqarma boshligʻi oʻquvchilarga yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlarga hamda ichki ishlar organlarida xodimlarning ijtimoiy himoyasi xususida toʻxtalib oʻtdi va mazkur islohotlarning amaldagi namunasi sifatida oʻquvchilarning har biriga sport kiyim-boshlari jamlanmasi va sport sumkalarini topshirdi.

Shundan soʻng, viloyat IIB boshligʻi oʻquvchilar bilan shaxsan suhbatlashib, ularning muammo va qiziqishlarini oʻrgandi. Ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtgan suhbatda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli rahbarlarga koʻrsatmalar berildi. Uchrashuv yakunida bitiruvchi kurs oʻquvchilariga oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishda omad tiladi.

Bundan tashqari, polkovnik Shuhrat Husanovich litseydagi taʼlim-tarbiya jarayonini bilan tanishib, oʻquvchilar oʻrtasida ingliz tilida oʻtkazilayotgan “We love English“ tadbirida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Oʻquvchilar tomonidan chet tilida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari, turli dialoglar va jonli tarzda yangragan qoʻshiqlar mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Text to speech