5 May 2022 yil 286

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarining bir qator sohaviy xizmatlari xodimlari bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv yigʻinlari oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 310-sonli buyrugʻi talablariga muvofiq joriy yilning may oyida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarining tergov xizmati ofitser xodimlari, jamoat tartibini saqlash xizmati profilaktika xizmat ofitser xodimlari, yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining serjant va safdor xodimlari, patrul-post xizmati safdor xodimlari bilan xizmatdan ajralmagan holda IIV Malaka oshirish instituti Sirdaryo filialida qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv yigʻinlari oʻtkazib kelinmoqda.

“Oʻquv kurslarini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini yanada yuksaltirish, maʼnaviy-axloqiy saviyasi yuqori boʻlgan kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy bilim va malakalarini boyitish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatlari samaradorligini oshirishga koʻmaklashishdan iboratdir.” – deydi vazirlik Malaka oshirish instituti Sirdaryo filiali rahbari mayor O.Sh.Suyarov.

IIV Malaka oshirish instituti Sirdaryo filiali

Text to speech