Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi, ichki ishlar vazirining 2021 yil 2 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21 avgust kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot kutubxona markazi binosida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda har bir soha xizmat, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlaridan 30 dan ortiq xodimlar ishtirok etdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda xodimlarning bilimi, kitobxonligi, o‘qigan badiiy asarlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqich test sinovi, ikkinchi bosqich “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” va “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra Xovos tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori kapitan Xakimov Umid Erkinovich g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Boyovut tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori leytenant Yusupov Usmon Anorbayevich 2-o‘rinni, Boyovut tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori leytenant Qarshiboyev Muxammad Komiljon o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar xodimlar o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirib, har bir xodimni badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini, ong-u tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirib, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini ta’minlaydi.
Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.