19 Iyul 2022 yil 524

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlaridan “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonlari qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi «Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida» 400-sonli buyrug‘i hamda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining 2022 yil 6 iyul kunidagi ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish borasida 2022 yilning 6 oyi davomida o‘tkazilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni o‘zlashtirganligi darajasini aniqlash bo‘yicha joriy yilning 18 iyul kuni Yangiyer, Shirin shahar IIB hamda Boyovut tumani IIB xodimlaridan sinov imtihonlari qabul qilindi.

Boshqarma boshlig‘ining farmoyishiga asosan xodimlarining Maʼnaviyat va maʼrifat darslarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonlarini qabul qilish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Komissiya aʼzolari tomonidan xodimlarning “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni o‘zlashtirganlik darajasi 100 ballik baholash tizimi asosida 2 ta mezon asosida qabul qilinmoqda.

Xodimlar tomonidan mavzularni konspektlashtirganligi uchun 20 ballgacha, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tuzilgan savollar asosida har bir xodim bittadan bilet tanlashi va har bir biletda 3 tadan savollarga og‘zaki javob berganligi uchun 80 ballgacha baholanishi belgilangan. Bundan tashqari xodimlarning sinovlarda muvaffaqiyatli o‘tishida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tavsiya etilayotgan 39 ta o‘zbek va jahon adabiyotlarini sinchkovlik bilan mutolaa qilinganligi alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Xodimlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bunday sinovlar ularning bilimlarini oshirishga, o‘z ustida yana-da ko‘proq ishlashga, ko‘proq bilimlarni egallashga, sohadagi qonunlarni o‘rganishiga yo‘l ochib bermoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech